Turk razvedkasi 18 ta davlatdan Fathulla Gulen taşkiloti FETÖning 80 a'zosini olib çiqib ketgan. Bu haqda Turkiya boş vaziri örinbosari Bakir Bözdag ma'lum qildi.
Avvalroq Kosovo boş vaziri Ramuş Xaradinay Kosovodagi “Mexmet Akif” kollejining 6 nafar xodimi FETÖga aloqadorlik gumoni bilan hibsga olingandan keyin mamlakat içki işlar vaziri Flyamur Sefay va Kosovo razvedka agentligi direktori Driton Gaşini iste'foga çiqargandi. Anadolu axborot agentligi ma'lumotlariga köra, kollej xodimlari Kosovo razvedka xizmati kömagida Turkiya milliy razvedka taşkiloti xodimlari tomonidan Turkiyaga yetkazilgan.
“Turkiya milliy razvedka taşkilotiga xorijda faoliyat olib boriş vakolati berilgan. Kosovodagi kabi amaliyotlar davom ettiriladi. Kosovoda amalga oşirilgan amaliyot katta muvaffaqiyatdir. Bugungi kunda 18 ta davlatda FETÖning 80 a'zosi aniqlanib, Turkiya yetkazilgan. Ularning AQŞning Pensilvaniyasidagi yetakçisi bundan sarosimaga tuşgan”, deb aytgan Bözdag Haberturk telekanali efirida.
Biroq Bözdag Gulen tarafdorlari qaysi davlatlardan olib çiqib ketilganiga aniqlik kiritmagan.
Turkiya hukumati Gulenni Turkiyadagi davlat töntaruviga urinişni taşkillaştirişda ayblab keladi, biroq Gulen bu ayblovlarni rad etadi.

















