Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan o‘quvchilar uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi
Akademik litseylarda imtiyozli ovqatlantirishni tashkil qilish hamda xarajatlarini qisman qoplash uchun ota-onalar to‘lovini to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizom Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Nizomga ko‘ra:
akademik litseylardan uzoq hududlardan qabul qilingan o‘quvchilar (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan, akademik litsey yotoqxonasida yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar) uch mahal imtiyozli ovqatlantiriladi;
o‘quvchilarni imtiyozli ovqatlantirish xarajatlarini qoplashga o‘quvchilarning ota-onalari bir oy uchun eng kam ish haqining 1 barobari miqdorida to‘lov amalga oshiradilar. Xarajatlarning qolgan qismi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobidan qoplanadi;
ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ularning ota-onalari murojaatlariga asosan faqat bir mahal, ya'ni tushlik ovqatlanishdan foydalanishlari ham mumkin. Bunda bir oyga to‘lov eng kam oylik ish haqining 50 foizi miqdorida bo‘ladi;
akademik litsey yotoqxonasida yashaydigan yoki boshqa turar joylarda ijara asosida yashaydigan o‘quvchilar ro‘yxati har o‘quv yilining 10 sentabrdan kechiktirmasdan akademik litseyning ma'muriyati tomonidan shakllantirilib, akademik litsey direktori buyrug‘i bilan tasdiqlanadi hamda o‘quvchilarga imtiyozli ovqatlanish kartochkasi beriladi.
Mavzuga oid
13:24 / 28.02.2026
Yotoqxona uyidan kvartira “olib berish” va’dasi: tezkor tadbir natijasi
12:39 / 02.01.2026
Tayyor ovqat yetkazib berish bozorida narxlar ko‘tarildi
19:38 / 04.12.2025
Andijon tibbiyot instituti talabalariga ijara kompensatsiyasi nega bekor qilindi?
20:31 / 05.09.2025