Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Ikkinchi jahon urushi tugaganidan beri ilk dengiz desanti bo‘linmasini tuzdi
Foto: REUTERS/Issei Kato
Yaponiya o‘zini o‘zi mudofaa qilish kuchlari Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng birinchi marta tez joylashtiriluvchi dengiz desanti bo‘linmasi bilan to‘ldirildi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Xabar qilinishicha, Tez joylashtiriluvchi amfibiya kuchlari brigadasini joriy etish haqidagi qaror Sharqiy-Xitoy dengizidagi orollar istilosiga qarshi kurashish maqsadida qabul qilindi. Ular, Tokioning fikricha, Xitoy tomonidan tahdid ostida qolmoqda.
«Yaponiyani o‘rab turgan hududlar xavfsizligi va mudofaasi bilan bog‘liq vaziyatdagi murakkablik darajasi oshib borayotganini e'tiborga olib, bizning orollarimiz himoyasi muhim majburiyatga aylandi», - deya aytib o‘tdi mudofaa vaziri o‘rinbosari Tomoxiro Yamamoto.
Kutilishicha, yaponiyalik 1 500dan ortiq dengiz-piyoda askarlari Kyusyu orolida joylashtiriladi. Kelajakda ularni Okinavaga yuborish rejalashtirilmoqda.
Mavzuga oid
22:34 / 25.04.2026
Yaponiya ikki o‘zbekistonlikni deportatsiya qildi
18:51 / 23.04.2026
Uyquda bosh holatini o‘zi o‘zgartiradigan Mirukuru yostig‘i taqdim etildi
12:54 / 04.04.2026
Yaponiyaga qisqa muddatli viza bilan borib, qochqinlik maqomini olmoqchi bo‘lgan o‘zbekistonlik deport qilindi
08:31 / 30.03.2026