Belarus hukumatini iqtisodiy va siyosiy çaqiriqlar hamda xavfsizlikka tahdidlar konstitutsiyani özgartiriş haqida öylab körişga majburladi. Bu haqda mamlakat taşqi işlar vaziri Vladimir Makey ma'lum qilgan.
Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko mart oyida mamlakat konstitutsiyaga tuzatişlar kiritiş böyiça masalani muhokama qilişga asta-sekin kelayotgani haqida aytgandi. Şu sababdan u asosiy qonunni tahlil qiliş va tegişli takliflar tayyorlaş lozimligini ma'lum qilgan. Şu bilan birga, Lukaşenko konstitutsiyaga özgartirişlar masalasi böyiça faqat umumxalq referendumi tarafdori ekanini ta'kidlab ötgan.
"Bugun biz konstitutsiyani özgartiriş haqida öylamoqdamiz. Belarus va uning atrofidagi vaziyat özgardi. Köplab holatlar, çaqiriqlar paydo böldi, hamda biz ularni hisobga olişimiz darkor", - dedi Makey. TIV rahbari Euronews telekanaliga bergan intervyusida şunday bayonot bilan çiqqan.
U gap qanday çaqiriqlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritib, Belarus atrofidagi vaziyatga qaraşga çaqirdi. "Birinçi navbatda, gap barqarorlik va xavfsizlik masalalari haqida ketmoqda: Ukrainadagi inqiroz, Rossiya va YeI örtasidagi sanksiyalar maşmaşasi. Biz iqtisodiy sohada iqtisodiy uruşlarga ham guvoh bölmoqdamiz, bunda Transatlantik hamkorlik doirasidagi sönggi töqnaşuvlarni eslaş kifoya... Çaqiriqlar yetarli, biz ularni e'tiborga olişimiz şart", - deya ta'kidlab ötdi vazir.
Şuning uçun, deya davom etgan u, Minsk “konstitutsiyaning ba'zi bandlarini yaxşilaş” ustida öylamoqda. "Bu özgarişlar iqtisodiy, saylov va boşqa sohalardagi qonunçilikning özgarişiga olib kelişi aniq", - deya ma'lum qildi TIV rahbari.
Makey YeXHTning tavsiyalariga muvofiq mamlakat saylov qonunçiligiga özgartirişlar kiritiş masalasi haqidagi savolga javob berar ekan, bu taşkilotning köplab tavsiyalari avval qabul qilinganini aytdi. "Alohida tavsiyalar hali muhokama qilinmoqda. Biz rad etmayapmiz hamda bu tavsiyalar ustida işlaşga tayyormiz", - dedi u.
Makey Belarusda ölim jazosini bekor qiliş istiqbollari haqida töxtalib, 1996 yilgi referendum davomida aholining 82 foizi ölim jazosini bekor qilişga qarşi ovoz berganini ta'kidlab ötdi. "Ölim jazosi böyiça jamoatçilik fikrini özgartiriş uçun jamiyat bilan işlaş kerak, şuningdek, Yevropa davlatlarining ijobiy tajribasini örganiş lozim. Biz bu maqsadga qisqa muddatlarda yeta olamiz, deb öylamayman, biroq unga asta-sekin yaqinlaşmoqdamiz. Bu işni davom ettiriş juda muhim", - deya qayd etib ötdi u.












