Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tsukerberg Facebook’dagi himoya bo‘yicha ikkita yangi chorani ma'lum qildi
Foto: Dado Ruvic/Reuters
Facebook kompaniyasi rahbari Mark Tsukerberg ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida yangi choralar haqida xabar berdi. Ular ijtimoiy tarmoq rahbariyati tomonidan «ijobiy diskurs yaratish» va qator davlatlarda rejalashtirilayotgan saylovlarga ehtimoliy aralashuv harakatlarining oldini olish maqsadida joriy etilishi kutilmoqda.
«Birinchidan, bugungi kundan siyosiy yoki jamoatchilikka ahamiyatli bo‘lgan mavzuda reklama joylashtirishni xohlagan har bir reklama beruvchi o‘z shaxsini tasdiqlashi kerak», - deya yozdi Tsukerberg.
Tekshiruvdan o‘tishdan bosh tortganlarga shunday mavzularda reklama joylashtirishga rad javobi beriladi, ularning o‘zi esa reklamaga buyurtma berganlar haqida ma'lumotni e'lon qilishi lozim.
«Ikkinchidan, biz ommabop sahifalar egalaridan ham tekshiruvdan o‘tishni so‘raymiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi u.
Ma'lumotlarga ko‘ra, bunday choralar sahifalarni soxta akkauntlar orqali boshqarishga imkon bermaydi, shuningdek, yolg‘on xabar tarqalishining oldini oladi.
Mavzuga oid
11:21 / 25.10.2025
Yevrokomissiya TikTok, Facebook va Instagram’da qonunbuzarliklarni aniqladi
22:04 / 07.10.2025
O‘zbekistonda Meta vakolatxonasi ochilishi mumkin
22:19 / 05.09.2025
AQShda Mark Tsukerberg bilan Mark Tsukerberg sudlashadi
18:27 / 18.04.2025