Özbekiston Prezidentining 2017 yil 3 fevraldagi "Mahalla institutini yanada takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi 4944-sonli farmoni ijrosini ta'minlaş, aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini aniqlaş hamda ularni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş böyiça fuqarolarning özini özi boşqariş, soğliqni saqlaş va moliya organlari hamkorligini yanada mustahkamlaş maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori taqdim etildi. 
Qarorga muvofiq, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar va nogironligi bölgan şaxslarning röyxatini şakllantiriş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlanadi. 
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Özbekiston Respublikasi Soğliqni saqlaş vazirligi, Moliya vazirligi hamda boşqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda körsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar monitoringini olib boradi. 
Hududda istiqomat qilayotgan fuqarolarga qonun hujjatlariga muvofiq ijtimoiy himoya qiliş böyiça amalga oşirilayotgan çora-tadbirlari doirasida fuqarolarning özini özi boşqariş organlari tomonidan yuborilgan sörovlariga belgilangan tartibda tegişli ma'lumotlar taqdim etilişi uçun tuman (şahar) tibbiyot birlaşmalari hamda moliya bölimlari mas'uldir.
Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça respublika kengaşi, Moliya vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini qöllab-quvvatlaş, ularga ijtimoiy xizmatlar körsatiş yönalişidagi faoliyatlarini muvofiqlaştiriş yuzasidan hamkorlikni yanada kuçaytirişi belgilab qöyildi. Şuningdek ularga har yil yakuniga köra, fuqarolar yiğinida aholini ijtimoiy himoya qiliş sohasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan tegişli tarmoqlarning hisobotlarini tinglaş, yöl qöyilgan xato va kamçiliklarni muhokama qiliş hamda ularni bartaraf etiş töğrisida hamkorlikda çora-tadbirlar işlab çiqiş amaliyotini joriy etiş vazifasi yuklatildi.
Mazkur qarorning bajarilişini nazorat qiliş Özbekiston Respublikasi boş vazir örinbosari - moliya vaziri J.A.Qöçqorov, soğliqni saqlaş vaziri A.K.Şodmonov zimmasiga yuklatildi.