Gruziya hukumati davlat xizmatchilariga mo‘ljallangan qora rangdagi avtomobillardan foydalanishni taqiqlab qo‘ydi. Tegishli qaror hukumat saytida e'lon qilingan.
Fevralda Gruziya bosh vaziri Georgiy Kvirikashvili barcha davlat xizmatchilarini “qora rangdagi jiplar davri”ni tugatishga chaqirgandi, chunki bu odamlarning g‘ashiga tegadi. Uning aytishicha, sekin-astalik bilan ekologik toza transportga o‘tish lozim.
Qarorga ko‘ra, barcha vazirliklar va davlat idoralari aprel oxirigacha tejamkor avtomobil modellarini xarid qilish hisobga olingan, o‘z avtoparkini optimallashtirish rejasini taqdim qilishi kerak.
“Bu biz avvalgi hukumat vaqtlarida hashamat va imtiyozlar bilan bog‘langan ba'zi belgilardan voz kechishimizni anglatadi”, deb aytgan Gruziyaning yarashuv va fuqarolik teng huquqligi masalalari bo‘yicha vaziri Ketevan Tsixelashvili.

















