Zimbabve sobiq prezidenti Robert Mugabedan 119ta noutbuk va yettita statsionar kompyuterni öğirlab ketişdi. Bu haqda NewsDay mahalliy naşri xabar qilmoqda.
Ta'kidlanişiça, Mugabe iste'foga çiqqanida, uning oilasidan rasmiy qarorgohdan narsalarni olib çiqib ketiş söralgan. Çeklangan vaqt sababli ma'lum bir buyumlar vertolyot maydonçasi yonida yopiq qutilarda qoldirilgan.
Narsalar yöqolgani seşanba, 3 aprel kuni ma'lum böldi. Öşa kuni qolgan buyumlar Mugabening Borroudeyldagi xususiy qarorgohiga olib ketildi. Sobiq birinçi xonim Greys Mugabe politsiyaga ariza yozdi, buni uning advokati tasdiqladi.
Iddao etilişiça, kompyuterlarni maktablarga xayriya qiliş rejada bölgan.

















