Kataloniya sobiq rahbari Karles Puçdemon Finlyandiyaga mart oyi oxirida uyuştirgan taşrifi davomida Ispaniya rahbariyati ta'qibidan Rossiya hududida yaşiriniş imkoniyatini körib çiqqan, biroq Belgiyaga Daniya hamda Germaniya orqali avtomobilda qaytişga qaror qilgan, bu politsiyaçilarga avvaldan ma'lum bölgan. Bu haqda El Mundo xabar bermoqda.
Xabar qilinişiça, Puçdemon Finlyandiyaga Şveytsariyadan kelib, Rossiyaga jönab ketiş imkoniyati ustida öylagan. Finlyandiyada uni hibs qiliş uçun order olingani tasdiqlangaç, Puçdemon tanlov oldida qolgan - Sankt-Peterburg yoki Stokgolmga jönab ketiş.
Biroq, Puçdemon finlyandiyalik haydovçi bilan Şvetsiyaga jönab ketişni ma'qul körib, taxminan 1700 kilometr masofani bosib ötgan. Kataloniya sobiq yetakçisining bunday qarorga kelişiga Stokgolmga kemada borganida, undan pasportini tekşiriş uçun sörab qolişlari mumkin bölgani sabab sifatida körsatiladi. Şvetsiyada u Daniya va Germaniya orqali Belgiyaga yetib bormoqçi bölgan, ammo Germaniya-Daniya çegarasida 25 mart kuni politsiya tomonidan qölga olingan.

















