Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari örtasidagi boks keçasining navbatdagi jangi bölib ötdi.
-64 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Aliyor Noraliyev «Venezuela Caciques» vakili Kristian Palasioga qarşi ringga kötarildi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, beş raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga köra «Uzbek Tigers» vakili Aliyor Noraliyev 3:0 hisobida ğalaba qozondi.
Bu jangdan söng «Uzbek Tigers» - «Venezuela Caciques» jamoalari örtasidagi umumiy hisob 3:0 körinişini oldi.


Navbatdagi jangda -75 kg vazn toifasi vakili Isroil Madrimov Keyber Gonsalesga qarşi ringga çiqadi.











