Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi boks keçasining ikkinçi jangi bölib ötdi. 

-60 k vazn toifasida ringga kötarilgan «Venezuela Caciques» vakili Luis Kabrera özbekistonlik Şunqor Abdurasulovga qarşi ringga kötarildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, jangda hakamlar qaroriga köra «Uzbek Tigers» vakili Şunqor Abdurasulov 2:1 ğalaba qozondi.

Bu jangdan söng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers»  jamoalari örtasidagi umumiy hisob 0:2 körinişini oldi.

Ma'lumot uçun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar Özbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz şahrida ötkazilmoqda. Şunga qaramay, C2 jamoasi öyinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, C1 jamoasining barça janglarida Uzbek Tigers boksçilari Termiz şahrida raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq ğalabaga erişgandi.