Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi boks keçasining törtinçi jangi bölib ötdi. 

-81 kg vazn toifasida ringga kötarilgan «Venezuela Caciques» vakili Nalek Korbaj özbekistonlik Bektemir Meliqöziyevga qarşi ringga kötarildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, jangda hakamlar qaroriga köra, Bektemir Meliqöziyev muddatidan avval ğalaba qozondi. 

Bu jangdan söng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers»  jamoalari örtasidagi umumiy hisob 1:3 körinişini oldi.

Ma'lumot uçun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar Özbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz şahrida ötkazilmoqda. Şunga qaramay, C2 jamoasi öyinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.

Eslatib ötamiz, bundan avval Termiz şahrida C1 jamoasining barça janglarida Uzbek Tigers boksçilari raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq ğalabaga erişgandi.