Braziliyaning sobiq prezidenti, korrupsiyada ayblangan Luis Inasiu Lula da Silva jazoni ötaş uçun politsiyaga taslim böldi. Bu haqda Globo telekanali xabar bermoqda.
Ma'lum qilinişiça, Lula da Silvani u 5 apreldan beri qolayotgan San-Paulu ştatidagi metallurglar kasaba uyuşmasi binosidan 15 ta maşinadan iborat federal politsiya korteji olib ketgan.
Globöning ma'lum qilişiça, yaqin orada Lula da Silva barça mahbuslar ta'minlanişi kerak bölgan tibbiy körikdan ötadi. Bu körik qayerda ötkazilişi ma'lum qilinmagan.
Lula da Silvaning tarafdorlari uning maşinasiga metallurglar kasaba uyuşmasi binosidan çiqib ketişiga ijozat berişmayotgandi. Şundan keyin sobiq prezidentning partiyadoşlari namoyişçilar oldiga çiqib, ularni Lula da Silvaga çiqib ketişga yöl berişga köndira olişgan.
Yanvar oxirida sobiq prezident korrupsiyadagi ayblov böyiça 12 yil 1 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingandi.

















