Braziliyaning Kuritiba şahrida mamlakatning sobiq prezidenti Lula da Silva özini politsiyaga topşirgaç, tartibsizliklar boşlandi. Globo telekanali xabariga köra, bu tartibsizliklar vaqtida 8 kişi jarohatlangan.
Jarohatlanganlar orasida 3 nafar voyaga yetmagan bola va bir politsiyaçi bor. Bir bola va ikki ösmir şifoxonaga yotqizilgan.
Qayd etilişiça, politsiya xodimlari sobiq prezident tarafdorlarini tarqatiş uçun rezina öqlar, şovqinli granatalar qöllagan.
Lula da Silva taslim bölgaç, vertolyotda Kuritabadagi Federal politsiyaga keltirildi.



Yanvar oxirida sobiq prezident korrupsiyadagi ayblov böyiça 12 yil 1 oylik qamoq jazosiga mahkum qilingandi. Silva uning apellyatsiyasi qayta körib çiqilmagunça ozodlikda qolişi mumkin edi. Ammo sud sobiq prezidentni qamoqqa hukm qildi, avvaliga Silva politsiyaga taslim bölişni istamasdan, öz tarafdorlari qöriqlayotgan binoga yaşirindi, ammo bir kun ötib u taslim bölişga qaror qildi.

Braziliya qonunçiligiga köra, u endilikda saylovlarda qatnaşa olmaydi. Holbuki u şu vaqtgaça oktabr oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovidagi asosiy favorit sanalayotgandi. Birinçi turda uni saylovçilarning 33,4 foizi qöllab-quvvatlaşga tayyorligi ma'lum bölgandi.
Lula da Silva Braziliyani 2003 yilda 2010 yilga qadar boşqargan.

















