Germaniyaning janubidagi Myunster şahrida yuk maşinasi odamlarni bosib ketişi oqibatida 50 ga yaqin odam jabr kördi. 

Ma'lum qilinişiça, yuk maşinasi haydovçisi şahar markazidagi köçada kafe stollari atrofida ötirgan odamlarni bosib ketgan. Oqibatda 3 kişi halok bölgan, 6 nafar jarohatlanganning ahvoli oğir. Politsiya voqeani terakt sifatida tasniflamoqda. 

Voqea joyida maxsus operatsiya olib borilmoqda. Politsiya şahar markazini tösib qöygan. Ta'kidlanişiça, politsiyaçilar portlovçi modda qidirişmoqda. 

Foto: Twitter/kricketkrackel
Foto: Twitter/kricketkrackel
Foto: BBC

Oxirgi ikki yilda Yevropada piyodalarning qasddan maşinada bosib ketilişi holatlari köplab yuz berdi. Uşbu hujumlar odatda markaziy maydonlarda ommaviy tadbirlar vaqtida amalga oşiriladi va köplab qurbonlarga olib keladi. Bunday hujumlar Fransiya, Germaniya, Ispaniya, Buyuk Britaniya va boşqa davlatlarda sodir etilgan.