Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi boks keçasining uçinçi jangi bölib ötdi.
+91 kg vazn toifasida «Venezuela Caciques» vakili, kubalik Jordan Ernandes özbekistonlik Bahodir Jalolovga qarşi ringga kötarildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, jangda hakamlar qaroriga köra, özbekistonlik Bahodir Jalolov muddatidan avval ğalaba qozondi. U ikkinçi raundda kubalik raqibini nokaut holatiga tuşirdi.
Bu jangdan söng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi umumiy hisob 1:4 körinişini oldi.


Ma'lumot uçun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar Özbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz şahrida ötkazilmoqda. Şunga qaramay, C2 jamoasidan örin olgan öyinlarning rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, C1 jamoasidan örin olgan barça janglarda Uzbek Tigers boksçilari Termiz şahrida raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq ğalabaga erişgandi.











