Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi boks keçasining dastlabki jangi bölib ötdi. Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar Özbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz şahrida ötkazilmoqda. Şu sababli, C2 jamoalari öyinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.
-52 kg vazn toifasida ringga kötarilgan «Venezuela Caciques» boksçisi Xesus Roxas Jasurbek Latipovga qarşi ringga kötarildi. Jang referesi ilk soniyadanoq Latipov foydasiga hisobni oçdi. Uzbek Tigers jamoasidagi tajribali boksçi raqibga heç qanday imkoniyat qoldirmay, barça raundlarda nazoratni öz qöliga oldi. Şunga qaramay, har ikkala boksçi ham ança faol harakatlandi.
Kun.uz muxbirining Termizdan xabar berişiça, jangda hakamlar qaroriga köra «Uzbek Tigers» vakili Jasurbek Latipov raqibining diskvalifikatsiya qilingani tufayli ğalaba qozondi.


Bu jangdan söng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi umumiy hisob 0:1 körinişini oldi.











