Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Venezuela Caciques» va «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi boks keçasining uçinçi jangi bölib ötdi.
-69 kg vazn toifasida ringga kötarilgan «Venezuela Caciques» vakili Gabriel Maestre özbekistonlik Mahmud Ğoipovga qarşi ringga kötarildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, jangda hakamlar qaroriga köra «Venezuela Caciques» vakili Gabriel Maestre 3:0 ğalaba qozondi. U «mezbon» sifatida surxondaryolik Mahmud Ğoipovdan ustun kelib, jamoasiga ilk ğalabani olib keldi.
Bu jangdan söng «Venezuela Caciques» - «Uzbek Tigers» jamoalari örtasidagi umumiy hisob 1:2 körinişini oldi.


Ma'lumot uçun, Venesuelada yuz berayotgan murakkab ijtimoiy-siyosiy vaziyat tufayli janglar Özbekistonda, Surxondaryo viloyati Termiz şahrida ötkazilmoqda. Şunga qaramay, C2 jamoasi öyinlarining rasmiy mezboni Venesuela jamoasi hisoblanadi.
Eslatib ötamiz, bundan avval Termiz şahrida C1 jamoasining barça janglarida Uzbek Tigers boksçilari raqiblariga imkoniyat qoldirmay, 5:0 hisobida mutlaq ğalabaga erişgandi.











