Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari örtasidagi boks keçasining dastlabki jangi bölib ötdi.
-49 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Nodirjon Mirzaahmedov «Venezuela Caciques» vakili Luis Vaskes Polankoga qarşi ringga kötarildi.
Uçraşuvning birinçi raundida har ikkala boksçi teng kuçlar ostida kuraşgan bölsa, ikkinçi va uçinçi raundga borib, özbekistonlik sportçining qöli baland keldi. U raqibini bir neça marta muvozanatini yöqotib, öz burçagiga borişga majbur qildi. Murosasiz keçgan törtinçi raund davomida venesuelalik boksçi Luis Hesus ham ança faollaşib qoldi. Biroq, Luis Hesusning peşona qismidan olgan jarohati tufayli jangni majburan tark etdi.
Luis raqibiga ketma-ket zarbalar berib, Nodirjonni himoyalanişga majbur qildi. Kun.uz muxbirining xabar berişiça, 5 raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga köra, Uzbek Tigers vakili Nodir Mirzaahmedov raqibining diskvalifikatsiya qilinişi tufayli ğalaba qozondi.



Bu jangdan söng «Uzbek Tigers» - «Venezula Caciques» jamoalari örtasidagi umumiy hisob 1:0 körinişini oldi.
Navbatdagi jangda -56 kg vazn toifasi vakili Şahobiddin Zoirov Yoel Finolga qarşi ringga çiqadi.











