Butunjahon boks seriyasi — WSB toifasiga kiruvçi musobaqada iştirok etayotgan «Uzbek Tigers» va «Venezuela Caciques» jamoalari örtasidagi boks keçasining törtinçi jangi bölib ötdi.
-75 kg vazn toifasida ringga kötarilgan Isroil Madrimov «Venezuela Caciques» vakili Keyber Gonsalesga qarşi ringga kötarildi. Jang Madrimovning töliq ustunligi ostida ötdi.
Kun.uz muxbirining xabar berişiça, beş raund davom etgan jangda hakamlar qaroriga köra «Uzbek Tigers» vakili Isroil Madrimov 3:0 hisobida ğalaba qozondi.
Bu jangdan söng «Uzbek Tigers» - «Venezuela Caciques» jamoalari örtasidagi umumiy hisob 4:0 körinişini oldi.

Navbatdagi jangda -91 kg vazn toifasi vakili Sanjar Tursunov Xuan Visente Diasga qarşi ringga çiqadi.











