Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi JCh boshlanishiga 2 oy qolganida ishdan bo‘shatildi
Bosniyalik 65 yoshli mutaxassis Vohid Halilhojich Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyligidan iste'foga chiqarildi. Ushbu mutaxassis bu lavozimda 2015 yildan buyon ishlab kelayotgandi.
Halilhojich terma jamoani jahon chempionatiga olib chiqqani ham uni ishdan bo‘shatishga to‘siq bo‘lolmadi.
Ushbu iste'fo haqida NHK efirida Yaponiya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Kodzo Tasimuga asoslangan holda xabar berilgan.
Qayd etilishicha, Yaponiya termasi joriy yildagi o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishonchsiz harakat qilgan. Bundan tashqari, terma jamoa futbolchilarining ba'zilari Halilhojichning uslublaridan norozi bo‘lgan.
Rossiyadagi jahon chempionatida Yaponiya H guruhida Polsha, Senegal va Kolumbiya terma jamoalari bilan birga ishtirok etadi. Jahon birinchiligi 14 iyundan 15 iyulgacha bo‘lgan muddatda Rossiyaning 11 shahrida o‘tkaziladi. Endilikda yangi murabbiy termani turnirga qolgan ikki oy muddat ichida tayyorlashi lozim bo‘ladi.
Mavzuga oid
17:00 / 06.10.2025
Fransiyada siyosiy inqiroz: yangi hukumat 14 soatda iste’foga chiqdi
23:42 / 04.08.2025
Andijonda o‘qituvchilar ta’mirlagan maktabning direktori ishdan bo‘shatildi
19:22 / 14.07.2025
Alisher Sultonov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etildi
19:15 / 14.07.2025