Dunyoning maşhur naşrlaridan biri AFP muxbiri Stefani Glinski Afrikaning notinç nuqtalaridan biri bölgan şimoliy Sudandan reportaj tayyorladi. Jurnalist qoramol boqib tirikçilik qiladigan qabilalar orasida bir neça kunni ötkazdi va ajoyib lahzalarni tasvirga muhrladi. U notinçlik hukm surayotgan bu ölkalarda olgan suratlariga umumiy qilib «Xaosdagi gözallik» deb nom bergan.

«Daryoning sayoz yeridan yurayotgan vaqtda faqat bir narsani öylardim: işqilib bu yerda suvilon bölmasin. Qölimda kamera bilan bir amallab muvozanatni saqlab, daryodan ötdim. Nil daryosi sohilida joylaşgan şimoliy Sudanda noyabrdan maygaça qurğoqçilik hukm suradi.
Sigirlar Sudan uçun nafaqat tirikçilik manbai, balki madaniyatining bir bölagiga ham aylanib qolgan. Şoxi katta bölgan sigirlar Sudanning ramzlaridan biri. Qurğoqçilik vaqtida qabila tez-tez köçib turadi va buni kuzatiş juda maroqli.




Erkaklar kuni bilan qoramollarni boqib kelişadi. Keçga esa ötovlar joylaşgan yerga qaytişadi. Ayollar va bolalar sigirlarni soğişadi. Ayollar uy işlari bilan maşğul bölişadi, ovqat pişirişadi. Olov yoqiladi va bu bilan turli haşarotlar va gazandalar ötovlarga yaqinlaşişining oldi olinadi. Olovdan hosil bölgan kulni odamlar özlarining va hayvonlarning badaniga surtişadi. Bu bilan haşarotlar hujumidan himoyalanişadi. Ba'zi hollarda sigirlar çayon çaqişidan halok böladi.



















