Jamiyat | 10:40 / 09.04.2018
8633
2 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryoda Amir Temur bilan bog‘liq 100dan ziyod turistik manzilgoh bor

Foto: Kun.uz

Bugun, 9 aprel kuni Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanida joylashgan Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari bo‘lib o‘tmoqda. Bayramga xalqaro mehmonlar ham tashrif buyurgan, deb xabar berdi KUN.UZ muxbiri voqea joyidan.

Xalqaro press-klub rahbari, jurnalist Sherzod Qudratxo‘jayevning aytishicha, ushbu tadbir munosabati bilan tashkil qilinuvchi sayyor press-klub to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda namoyish etiladi.

“Qayd etib o‘tish lozimki, O‘zbekiston prezidenti tashabbusi bilan Amir Temur qiyofasiga yangi yondashuv bo‘ldi. Avval xalqimiz Amir Temur haqida umumiy ma'lumotga ega edi, hozir esa batafsil o‘rganish ishlari boshlandi. Bugun tadbir doirasida tashkil etiladigan sahna ko‘rinishida Amir Temir obrazi yangicha gavdalantiriladi. 

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish lozimki, Qashqadaryo viloyatida Amir Temur bilan bog‘liq 100dan ziyod turistik manzilgoh bor, ularni o‘rganish kerak”, - dedi Sh.Qudratxo‘jayev.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid