Qozoğiston Livanga uşbu mamlakatda tinçlikni uşlab turiş böyiça BMT missiyasi doirasida tinçlikparvarlar rotasini yuboriş uçun tayyorgarlik işlarini olib bormoqda. Bu haqda respublika mudofaa vaziri örinbosari Talgat Muxtorov xabar berdi.
"Biz hozir bölinmamizni tinçlikparvarlik missiyalardan biriga yuboriş uçun katta tayyorgarlik işini amalga oşirmoqdamiz. Biz tinçlikparvarlik missiyasida ba'zi vaqt davomida faqat alohida zobitlarni ştab zobitlari, kuzatuvçi zobitlar sifatida yuboriş orqali iştirok etganmiz", - deya aytib ötdi Muxtorov jurnalistlarga.
Uning ta'kidlaşiça, ayni damda rotani yuboriş tayyorlanmoqda. "Biz barça kerakli jarayonlardan ötdik va endi alohida jihatlar, standart jarayonlar qoldi. Kuzgaça biz rotani yuboramiz, taxminan 120 kişi missiyalardan biriga yöllanadi. Dastlabki ma'lumotlarga köra – bu Livandagi missiya", - deya xabar qilgan Muxtorov.











