Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni boshladi
O‘zbekiston Tojikistonga gaz yetkazib berishni tikladi. Bu haqda «O‘zbekiston 24» telekanalida xabar qilingan.
O‘zbekiston gazini Tojikistonga yetkazib berish 2012 yilda to‘xtab qolgandi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning shu yil martida qo‘shni mamlakatga safari doirasida «Tojiktransgaz» va «O‘ztransgaz» kompaniyalari orasida shartnoma imzolangan. Unga ko‘ra, 2018 yilda Tojikistonga 15,1 mln dollar evaziga 126 mln metr kub gaz yetkazib beriladi.
Tabiiy gaz o‘tkazish quvvati soatiga 125 ming metr kub bo‘lgan «Muzrabod — Dushanbe» quvuri orqali yetkazib berilmoqda.
Yetkazib berilayotgan gaz Tojikistonning Tursunzoda tumanini to‘liq ta'minlaydi. Gaz Tojikistonga uylarni isitish va ishlab chiqarish korxonalari samaradorligini oshirish uchun sarflanadi (Tursunzodada Tojikiston alyuminiy kompaniyasi (TALKO) joylashgan).
Ma'lumot uchun, O‘zbekiston Tojikistonga «ko‘k yoqilg‘ini» har bir ming kubometr uchun 120 dollardan sotadi, bu esa ayni damdagi jahon narxlaridan ikki barobarga arzonroq (birjadagi jahon narxi bugungi kunda - 1000 kubometr uchun 277 dollarni tashkil etadi).
Mavzuga oid
16:36 / 29.05.2026
Rossiyadan O‘zbekistonga suyultirilgan gaz yetkazib berish 3,5 barobarga oshdi
09:30 / 27.05.2026
“Kommersant”: Rossiya Armanistonga gaz yetkazib berishni to‘xtatishi mumkin
20:10 / 15.05.2026
Ehtiyojmand oilalarga beriladigan kompensatsiya miqdorlari oshiriladi
11:37 / 13.05.2026