Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Apple butun dunyo bo‘ylab tiklanuvchi energiyaga o‘tganini ma'lum qildi
Apple o‘z saytidagi matbuot bayonotiga ko‘ra, kompaniyaning har bir do‘koni, ofisi, ma'lumotlar markazi va pudratchisi endilikda “sof” energiyadan foydalanmoqda. Apple ikki yil avval energiyaga 93 foiz ehtiyojini tiklanuvchi energiya manbalari hisobiga qoplayotgandi.
Endilikda u 43 ta davlatdagi faoliyatini 100 foizga faqatgina sof elektr energiya hisobiga qoplamoqda. Apple’da ta'kidlanishicha, kompaniyaning qurilmalarni ishlab chiqarish bo‘yicha 9 ta yangi hamkori ham tiklanuvchi energiya manbalarini qo‘llash bo‘yicha majburiyatni o‘z zimmasiga oldi.
Kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab tiklanuvchi energiya bo‘yicha 25 ta amaldagi loyihasi mavjud. Ular 626 megavatt elektr energiya, jumladan 286 megavattini quyosh energiya generatorlari hisobiga ishlab chiqaradi. Yana 15 ta loyiha qurilish jarayonida bo‘lib, ular yakunlanganda 11 ta davlatda 1,4 gigavatt sof tiklanuvchi energiya olinadi.
Kompaniyaning ma'lum qilishicha, uning tiklanuvchi energiya sohasidagi sa'y-harakatlari evaziga 2011 yildan kompaniyaning butun dunyo bo‘ylab zavodlari tomonidan havoga chiqariluvchi karbonat angidrid gazi 54 foizga kamaygan yoki 2,1 mln tonna CO2 atrof-muhitga tushmagan.
“Sof energiya” deganda odatda quyosh panellari, shamol generatorlari va gidroelektr stansiyalar kabi tiklanuvchi energiya manbalaridan olingan elektr energiya tushuniladi.
Apple bu bayonotini Google tiklanuvchi energiyadan qo‘llaganidan ko‘proq sotib olishini ma'lum qilgandan bir hafta o‘tib e'lon qildi. Biroq Google’dan farqli, Apple nafaqat sof energiya sotib oladi, balki tegishli infratuzilma yaratib, undan foydalanadi.
Mavzuga oid
20:25 / 29.06.2026
Apple MacBook va iPad’dan keyin iPhone narxlarini ham oshirishi mumkin
18:16 / 29.06.2026
Kuzda Apple 15 dan ortiq yangi gadjetni taqdim etadi
18:16 / 19.06.2026
Buklama iPhone Ultra xususiyatlari oshkor qilindi
18:14 / 18.06.2026