4.04.2018 yildagi ÖRQ–470-son Qonun bilan Jinoyat-protsessual kodeksda (JPK) dalillarning maqbul emasligini huquqiy tartibga solişga yangiça yondaşuv joriy etildi. Bu haqda Norma yozmoqda.
 
JPK yangi 95-1-modda bilan töldirildi. Unda dalillarning maqbul emasligi töğrisidagi amaliyotda mavjud ayrim qoidalar qonuniy jihatdan belgilandi. Endi qonunda belgilanganidek, agar faktik ma'lumotlar qonunga xilof usullar orqali yoki jinoyat protsessi iştirokçilarini qonun bilan kafolatlangan huquqlaridan mahrum qiliş yoki bu huquqlarni çeklaş yöli bilan yoxud JPK talablari buzilgan holda olingan bölsa, ular dalil sifatida maqbul emas deb topiladi.
 
Bunday holatlar röyxati ham keltirildi, u batafsil emas. Quyidagi usulda olingan faktik ma'lumotlar dalil böla olmaydi:

1) jinoyat protsessi iştirokçilariga yoki ularning yaqin qarindoşlariga nisbatan qiynoqqa soliş va boşqa şafqatsiz, ğayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvçi muomala hamda jazo turlarini qöllagan holda;
 2) ularni soxtalaştiriş (qalbakilaştiriş) yöli bilan;
 3) gumon qilinuvçining, ayblanuvçining yoki sudlanuvçining himoyaga bölgan huquqlari, şuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalaniş huquqi buzilgan holda;
 4) jinoyat işi böyiça protsessual harakatning mazkur jinoyat işini yuritişni amalga oşiriş huquqiga ega bölmagan şaxs tomonidan bajarilişi natijasida;
 5) noma'lum manbadan yoxud jinoyat işini yuritiş jarayonida aniqlaş mumkin bölmagan manbadan;
 6) jabrlanuvçi, guvoh, gumon qilinuvçi, ayblanuvçi, sudlanuvçining suriştiruvdagi, dastlabki tergovdagi sudda dalillar majmui bilan öz tasdiğini topmagan körsatuvlaridan.

Oxirgi band inqilobiy yangilik böldi. Bungaça boşqa faktik ma'lumotlar bilan tasdiqlanmagan körsatuvlar işonçsiz yoki yetarsiz körsatuvlar sifatida rad etilişi mumkin edi, biroq ularga maqbul deb topilmaydigan (qonunga xilof) körsatuvlar sifatida qaralmas edi. Tegişinça, sud özining içki işonçi böyiça şaxsning aybdorligi körsatuvlarning özi bilan belgilanganligi xususida bir qarorga kelsa, ayblov hukmi çiqarilişi mumkin edi.

Şartli misol: Ayol faraz qilingan hodisa yuz bergandan keyin bir neça oy ötgaç zörlangani töğrisidagi ariza bilan murojaat qildi. Tabiiy sabablarga köra aşyoviy va boşqa dalillarni topişning imkoni bölmaydi (tan jarohatlari vaqt ötişi bilan bitadi, biologik va boşqa izlar yöqoladi yoxud yaroqsiz holga keladi va h.k.). Sud özining içki işonçi böyiça jabrlangan ayol haqiqatni gapiryapti degan qarorga kelsa, nazariy jihatdan ayblov hukmi çiqarilişi mumkin edi.