Vazirlar Mahkamasining 30.03.2018 yildagi 249-son qarori bilan Tovar bozorida sotiladigan tovarlarning (işlar, xizmatlarning) monopol yuqori va monopol past narxlarini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma yozmoqda.

Tasdiqlangan tahrirga kiritilgan bir qator asosiy tuzatişlar körib çiqiladi.

1) Belgilanişiça, korxonalar – monopolist xöjalik yurituvçi sub'yektlar çorak birinçi oyining 10-kuniga qadar monopoliyaga qarşi organga hisobot berişlari kerak. Ular Tovar yoki moliya bozorida ustun mavqeni egallab turgan xöjalik yurituvçi sub'yektlar davlat reyestriga kiritilgan tovarlariga qöllaniladigan narxlar töğrisidagi ma'lumotlarni taqdim etadilar. 

Narxlar özgarişi holati aniqlanganda monopoliyaga qarşi organ 3 kun muddatda davlat organlari, xöjalik yurituvçi sub'yektlar va boşqa taşkilotlarga ulardan 15 kun mobaynida zarur ma'lumotlarni oliş uçun yozma sörov yuboradi.

Taqdim etilgan ma'lumotlarni örganib çiqqan va moliyaviy-xöjalik faoliyatini tahlil qilgan nazorat qiluvçi organ iş qözğatadi hamda qonunbuzarga aniq xatti-harakatlarni bajariş: töxtatiş, bartaraf etiş va bundan keyin qonun hujjatlari buzilişiga yöl qöymaslik; asossiz olingan daromadni iste'molçilarga qaytariş; dastlabki holatni tiklaş va boşqalar haqida körsatma beradi. 

2) Hujjatning yakuniy versiyasida belgilanişiça, narx birja savdolarida şakllangan bölsa, monopol yuqori deb e'tirof etilmaydi. Buning uçun loyihada nazarda tutilgan ikkita şart: a) tovar hajmini kalendar oy davomida savdo sessiyalari böyiça teng taqsimlagan holda uni birjada muntazam sotiş; b) tovar hajmi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan miqdordan kam bölmasligi kerakligi hujjatga kiritilmagan.   

Nizom qoidalari birja savdolarida boşlanğiç narxlar sifatidagi narxlarga nisbatan qöllaniladi. Ya'ni birjada narxlar oşişi mumkin.

Narxni monopol past deb e'tirof etiş şartlari özgartirilmadi.

Nizomda tovarlarga monopol yuqori va monopol past narxlarni belgilaşning bosqiçma-bosqiç sxemasi ham keltirilgan (bunday dalillarni aniqlaş taomili tavsiflangan).

Quyidagi tovar va xizmatlarning narxlari davlat tomonidan tartibga solinadi: