Seul markaziy okrug sudi Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti, 66 yoshli Pak Kin Xeni davlat rahbari lavozimidagi korrupsiya uchun 24 yillik qamoq jazosiga hukm qildi va 18 milliard von (16,8 million dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Siyosatchi prokuratura tomonidan qo‘yilgan 18 ayblovdan 16 tasi bo‘yicha aybdor deb tan olindi - poraxo‘rlik, zo‘ravonlik, amalni suiste'mol qilish va davlat siri bilan bo‘lishish kabilar shular jumlasidandir.

Prokurorlar Pak Kin Xe uchun 30 yillik qamoq jazosi va 118,5 milliard von miqdoridagi jarimani talab qilishgan. Forbes shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi.
Sud Pak Kin Xe o‘zining yaqin dugonasi Tsoy Sun Sil bilan kelishib olib, Janubiy Koreyaning eng yirik kompaniyalarini ularga pora berishga majbur qilgan, bu poralar hajmi 23 milliard von (21,5 million dollar)ga yetgan. Ta'kidlash joizki, 7,3 milliard von (6,8 million dollar) - Samsung kompaniyasi tomonidan, 7 milliard von (6,5 million dollar) - Lotte kompaniyasi tomonidan va 8,9 milliard von (8,3 million dollar) SK Group tomonidan to‘langan.

Foto: Global Look Press
"Sudlanuvchi mamlakat prezidenti vakolatlarini suiste'mol qilgan va bu davlat boshqaruvi hamda jamoatchilik tartibiga rioya qilishda xaosga olib kelgan",

















