Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In Janubiy Koreya prezidenti bilan uchrashishini ilk bor ommaviy tarzda ma'lum qildi
Foto: KCNA
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Koreya Mehnat partiyasi markaziy qo‘mitasi siyosiy byurosi yig‘ilishida AQSh va Janubiy Koreya bilan oliy darajadagi uchrashuvlar o‘tishini ma'lum qildi.
Koreya markaziy telegraf agentligining ma'lum qilishicha, Kim Chen In Janubiy Koreya bilan oliy darajadagi muzokaralar 27 aprelda qurolsizlashtirilgan hududdagi Pxanmunchjom muzokaralar joyida joylashgan “Tinchlik uyi”da bo‘lib o‘tishini ma'lum qilgan hamda “Shimol va Janub o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishi va AQSh bilan muloqot istiqbolini tahlil qilib, baho bergan”.
Shu tariqa Kim Chen Inning bu bayonoti Shimoliy Koreya ommaviy axborot vositalarining mamlakat yetakchisining bo‘lib o‘tajak uchrashuvlari haqidagi ilk xabari bo‘ldi. Bungacha uchrashuvlar haqida faqatgina Shimol bilan muzokaralarda ishtirok etgan Janub amaldorlariga iqtibos keltirgan holda ma'lum qilingan. 27 aprelda o‘tadigan Koreyalararo sammitiga tayyorgarlik avjida ekanligiga va qurolsizlashtirilgan hududda bu hodisaga tayyorgarlik bo‘yicha muzokaralar o‘tkazilganiga qaramay, Kim Chen Inning o‘zi bu sammit o‘tkazilishi haqida hali hech narsa demagan.
Mavzuga oid
19:52 / 21.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq bosh vaziri Xan Dok Su isyon ishi bo‘yicha 23 yilga qamaldi
13:42 / 16.01.2026
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti besh yilga qamaldi
23:02 / 13.01.2026
Prokurorlar Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Yun uchun o‘lim jazosini so‘radi
16:33 / 06.01.2026