Iqtisodiyot | 16:16 / 11.04.2018
6293
2 daqiqa o‘qiladi

Tsukerbergning AQSh senati oldidagi chiqishidan so‘ng Facebook aksiyalari 4,5 foizga o‘sdi

Foto: Reuters

Mark Tsukerbergning AQSh senati oldida ma'lumotlar tarqalishi bilan bog‘liq chiqishidan so‘ng Facebook kompaniyasi aksiyalari 4,5 foizga o‘sdi.

Tsukerberg Kongressda paydo bo‘lishi bilan kompaniya aksiyasi narxlari 2 foizga o‘sdi. 4,5 foizlik o‘sish 2016 yilning aprelidan buyon foizlarda o‘sishning eng yuqori ko‘rsatkichini qayd etdi. 

10 aprel kuni Tsukerbergning moliyaviy holati 2,7 milliard dollarga oshib, 67 milliard dollarni tashkil qildi. Bloomberg Billionaires Index ko‘rsatkichlari shundan dalolat bermoqda. 

Tsukerberg o‘z nutqini foydalanuvchilar oldida uzr so‘rashdan boshladi va ma'lumotlarning tarqalishi uning xatosi ekanini ta'kidladi. Senatning ijtimoiy tarmoq Fasebook'ning reklamasiz versiyasiga ro‘yxatdan o‘tishning to‘lov tizimini kiritishni rejalashtirayotgani yoki yo‘qligiga doir savoliga Mark "yo‘q" deya javob berdi. U bunday g‘oya kompaniya modeliga zid kelishini qo‘shimcha qildi. 

Tsukerbergning so‘zlariga ko‘ra, Cambridge Analytica bilan bog‘liq mojaro sabab kompaniya ichki tergov o‘tkazmoqda, u ijtimoiy tarmoqning foydalanuvchilar ma'lumotlari bilan ishlovchi ichki ilovalarini qamrab oladi. 

Facebook rahbari ijtimoiy tarmoq butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar uchun GDPR (Ma'lumotlar muhofazasiga doir umumiy reglament) asosiy punktlarini amalga oshirishni rejalashtirayotganini qayd etdi. 

U shuningdek ijtimoiy tarmoq Cambridge Analytica'ga 2015 yilda platformada reklama sotishni taqiqlashi kerak bo‘lganini, biroq bunday qilmaganini tan oldi. Kompaniya foydalanuvchilar ma'lumotlari yo‘q qilingani haqida xabar qilganidan so‘ng Facebook kompaniyasi Cambridge Analytica'ni bloklashni  to‘xtatgandi — bu xato bo‘lgan, dedi Tsukerberg.

 

Mavzuga oid