Olimlar Ispaniya qirg‘oqlariga to‘lqinlar yordamida chiqarib tashlangan o‘lik kashalot (tishi o‘tkir yirtqich kit)ning oshqozonida 29 kilogramm plastik borligini aniqlashdi. Fotosuratlar Mursiya Tabiat bog‘ining tvitterdagi sahifasida e'lon qilingan.

El-Valle yovvoyi tabiatni tiklash markazi ekspertlarni 10 metr keladigan kashalotni yorib ko‘rib, paketlar, plastmassa kanistra va arqon hamda to‘r parchalarini topishdi. Mutaxassislar xulosasiga ko‘ra, hayvon plastikdan qutula olmagani tufayli halok bo‘lgan.

Yorib ko‘rish natijalari Ispaniya janubida joylashgan Mursiya shahri rasmiylarini aholini bir martalik plastikni ishlatishdan paydo bo‘ladigan xavf haqida xabardor etish bo‘yicha kampaniyani boshlashga turtki berdi.
«Dengiz va okeanlardagi plastmassa butun dunyo bo‘ylab yovvoyi tabiat uchun eng jiddiy tahdidlardan biri, sababi ko‘plab hayvonlar chiqindiga tiqilib qoladi yoki ko‘p plastikni yutib yuboradi, bu esa ularning o‘limiga olib keladi», - deya ma'lum qildi Mursiya hukumatida atrof-muhit masalalari bo‘yicha bosh direktor Konsuelo Rosauro.
















