Jahon | 08:01 / 11.04.2018
3366
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro Amerikalar sammitida ishtirok etmasligini ma'lum qildi 

Foto: Reuters

10 aprelda Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Peruda bo‘lib o‘tadigan Amerikalar sammitida ishtirok etmasligini ma'lum qildi.

“Kecha men Amerikalar sammitiga bormaslikka qaror qildim. Men 2002 yilgi davlat to‘ntaruvining muvaffaqiyatsizligini nishonlash uchun xalqim bilan qolaman”, deb aytgan Maduro davlat televideniyesi efirida.

Uning aytishicha, qit'a davlatlari yetakchilarining uchrashuvi Venesuela uchun ustuvor tadbirlar qatoriga kirmaydi.

O‘tgan hafta Maduro taklif qilinmasa ham borishga intilayotgan Amerikalar sammitiga munosabatini keskin o‘zgartirgan va bu tadbirda ishtirok etishni vaqtni bekor yo‘qotish deb atagan. Fevraldan beri Venesuela tashqi ishlar vazirligi ham, Maduroning o‘zi ham Limaning qarshiligiga qaramay sammitga borishini ta'kidlab kelayotgandi.

Avvalroq Peru hukumati Maduroga yo‘llagan taklifini qaytarib olib, uning 13-14 aprelda o‘tadigan sammitda qatnasha olmasligini ma'lum qilgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid