National Interest jurnalida AQSh va Rossiya Suriyada harbiy mojaro keskinlashsa, qo‘llashi mumkin bo‘lgan qurol turlari haqida ma'lumot berildi.
Jurnal ma'lumotlariga ko‘ra, AQSh turli obektlarga hujum uchun «Tomagavk» va AGM-86S qanotli raketalari, shuningdek, Lockheed/Boeing F-22 Raptor beshinchi avloddagi ko‘p nishonli qiruvchi va Northrop B-2 Spirit strategik bombardimonchisidan foydalanishi mumkin.
Ta'kidlanishicha, Rossiya arsenalida Tu-95 va Tu-160 strategik bombardimonchilarida bo‘lgan X-101 qanotli raketalari hamda «Kalibr» qanotli raketalari bor.
National Interest ushbu holat yuzasidan izoh so‘rab Rossiya Oliy iqtisodiyot markazidagi xalqaro harbiy-siyosiy va harbiy-iqtisodiy muammolar sektori rahbari Vasiliy Kashinga murojaat qildi. Uning ta'kidlashicha, agarda amerikalik harbiylar Rossiya armiyasi kuchlariga zarba bersa, unda urush boshlanadi.















