
Bugun 10 aprel, yilning 100 kuni... Juda köp voqealar bilan bu kun bilan yodimizda qolgan - Sauthempton portidan ilk marta (afsuski, sönggi marta ham) «Titanic» kemasi sayohatga çiqdi, Ukrainada Odessa ozod etildi, maşhur futbolçi Roberto Karlos dunyoga keldi.
Yana bir şaxs borki, şu kunda tavallud topib, millat tuğini uluğ tutib, viqor bilan ölimni şaraflagan. U - Abdulla Qodiriy.
Julqunboy (uning taxallusi şunday bölgan) 1894 yil 10 aprel kuni Toşkent şahrida tuğilgan. Özining yozuvlarida oilasi va hayot yöli haqida şunday deydi: «Har holda bemavridroq bölsa kerak, kambağal, boğbonlik bilan kun keçirguçi bir oilada... tuğilğonman. Yoşim töqqiz-önlarga borğondan söng meni maktabga yubordilar. Maktabda ikki-uç yil çamasi eski usulda (u paytda maktablar uç uslubga bölingandi: rus-tuzem, jadid va eski uslub maktablari - tahr.) öqib, keyingi vaqtlarda oilamizning nihoyatda qaşşoq kun keçirgani vajidan ön ikki yoşimda meni bir boyga xizmatçilikka berdilar.
Xöjayinim özi savdogar kişi bölub, örisça yozuv-çizuv bilaturğon odamga muhtoj edi. Şu ta'ma bölsa kerak, meni öris maktabiga yubordi... 1912 yilda manfaktur bilan savdo qiluvçi bir kişiga yiliğa 50 söm barobariga prikazçik bölub kirdim... Şu miyonalarda bozor vositasi bilan tatarlardan çiqadiğon gazetalarni öqib, dunyoda gazeta degan gap borliğiga iymon keltirdim, 1913 yilda özbekça «Sadoi Turkiston», «Samarqand» gazetalari, «Oyna» jurnali çiqa boşlağoç, menda şularga gap yozib yuriş fikri uyğondi... 1913 yilda çiqqan «Padarkuş» ta'sirida «Baxsiz kuyov» degan teatr kitobini yozib yuborğanimni özim ham payqamay qoldim (1915 yilda). Yana şu yilda teatrlarda çiqib turğon hikoya va römonlarga taqlidan «Juvonboz» otliq hikoyaçani yozib, noşir topilmoğonidan, özim naşr qilib yubordim. Nikolay taxtdan yiqilğondan keyin oddiy xalq militsiyasiga köngilli bölib yozildim...
1918 yil boşlarida Eski şahar oziq komiteti boylar qölidan olinib, komitetning raisliğiga örtoq Sultonxöja Qosimxöjayev tayin qilinğon edi va men mazkur komitetning özbekça sarkotibliğiga kirdim. 1919 yilning avvallarida oziq komitetining ismidan çiqarilmoqçi bölğon «Oziq işlari» gazetasiga muharrir bölib tayinlandim... Şu kungaça şöro idoralarida qilğon xizmatlarimni birma-bir sanab öltirişim uzoqqa çöziladurğon bölğonliqdin mundan keyin muassasa ismlarinigina ataş bilan kifoyalanaman: «Rusto» devoriy gazetasiga muxbir bölib, «Iştirokiyun» va «Qizil bayroq» gazetalarida sotrudnik... «Muştum» jurnalining muannisi va tahririya a'zosi bölib, to 1924 yilgaça mehnatkaşlar manfaatiga xolis işlab keldim. Şu ötgan yetti yil orasida Şörolar hukumati va firqadan bir oğiz tanbeh olmadim. Xulosa — boşqalarning xizmati daftar bilan sobit bölsa, mening xizmatlarim matbuot bilan ravşandir... Işçi-dehqonlar yozğon asarlarimni suyunib öqiydilar va meni yozuvçilar qatoriga kirgazdilar va meni hamon öqirlar va unutmaslar...».










