10 aprelda Özbekiston delegatsiyasining Eronga taşrifi doirasida Özbekiston-Eron savdo uyi oçilişi bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Taşqi savdo vazirligi matbuot xizmati ma'lum qildi.  

Özbekiston Taşqi savdo vaziri Jamşid Xöjayev va Eron Sanoat, konlar va savdo vaziri örinbosari Mujtoba Husravtoj tantanali tarzda yangi savdo uyi va Özbekiston milliy mahsuloti şou-rumi işiga start berişdi. Tadbirda Özbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Adham Ikramov va ikki davlat biznes doiralari vakillari ham iştirok etişgan.

Savdo uyi Uzsanoatexport aksiyadorlik jamiyati tomonidan Eronning FawakehSompany kompaniyasi bilan hamkorlikda oçilgan.

Vazir Jamşid Xöjayevning ta'kidlaşiça, savdo uyining asosiy vazifasi Özbekistonda işlab çiqarilgan mahsulotlarni Eronda faol ilgari surişdan iborat böladi.