Fuqarolarga qöşimça qulaylik yaratiş maqsadida Telegram messenjerida «mobil muxbir» xizmati işga tuşirildi. Uşbu telegram bot kanaliga @iibb_uz havolasi orqali ötişingiz mumkin. Toşkent şahar Içki işlar Boş boşqarmasi boşliği R.M.Jörayevning Uçtepa tuman aholisi bilan ötkazilgan oçiq muloqoti vaqtida şu haqida e'lon qilindi, deyiladi IIB saytida.

«Start» tugmasini bosib, telefon raqamingiz orqali röyxatdan ötgaç, özbek yoki rus tilidan birini hamda voqea sodir bölgan tumanni tanlaysiz.

Şundan söng siz YHXB, migratsiya va fuqarolikni rasmiylaştiriş xizmati, profilaktika inspektori va boşqa xizmatlarga tegişli xabarlarni matn, video, foto va audio şaklda yuboriş imkoniyatiga ega bölasiz.

Bot sizning murojaatlaringizni tez va oson yöllaşga  xizmat qiluvçi sizning virtual yordamçingizdir!

Xabarni yuborganingizdan söng bot avtomatik ravişda uning qabul qilingani haqida ma'lumot beradi va SMS orqali uning natijasidan xabardor qiladi.