Indiana ştatida AQŞ oliy rahbariyati, jumladan prezident Donald Trampga möljallangan maşhur Boeing E-4B Nightwatch havoga kötarildi.
Boeing E-4 Nightwatch'ni "qiyomat kuni" yoki "oxir zamon" samolyoti deb ataşadi, zero u yadroviy uruş yuzaga kelgan taqdirda, yerdagi boşqaruv tuzilmalari vayron bölgan yoki ziyon körgan holatlarda AQŞ prezidenti, mudofaa vaziri va oliy harbiy rahbariyatning boşqa a'zolari uçun möljallangan. "Apokaliptik maşinalar" bir haftagaça havoda parvoz qilişi mumkin. Bortdagi barça jihozlar yadroviy portlaşning ziyon yetkazuvçi omillaridan himoyalangan. Har bir maşina yuzlab kişilarni havoga kötarişga qodir.

Törtta E-4B'dan biri bir neça daqiqada parvozga töliq şay böladi. Prezidentning xorijiy safarlari çoğida "oxirzamon" samolyoti hamda "yadroviy çemodanli" ad'yutant unga hamrohlik qiladi. Davlat rahbari yoki Pentagon rahbari halok bölgan taqdirda, uning tezda boşqa yuqori lavozimli şaxsga topşirilişi ssenariysi közda tutilgan. 

Boeing E-4
Foto: Wikimedia Commons
Boeing E-4 samolyotining içki qurilmasi
Foto: Wikimedia Commons
Boeing E-4 salonida
Foto: Wikimedia Commons
Boeing E-4 parvozda
Foto: Wikimedia Commons
Boeing E-4 kabinasida
Foto: Mark Wilson/Reuters
Boeing E-4
Foto: Wikimedia Commons