Chempionlar Ligasi chorakfinalidan o‘rin olgan «Real» - «Yuventus» qarama-qarshiligi taqdirini so‘nggi daqiqada belgilangan penalti hal qildi.

Rossiyaning «Chempionat» nashri musobaqa tarixida yuz bergan shunga o‘xshash va yurak xuruji bilan yakun topishi mumkin bo‘lgan o‘yinlarni sanab o‘tdi.

1998/99 mavsumi. Final. «Manchester Yunayted» – «Bavariya» – 2:1
Gollar: Sheringem, 90+1, Sulsher, 90+3 – Basler, 6

Arxiv foto

Chempionlar Ligasi tarixidagi eng asosiy drama. Frants Bekkenbauer 90-daqiqada VIP lojani tark etib, liftda pastga tushgani, maydonga chiqib kelganida esa tabloda 1:0 o‘rniga 1:2 hisobi porlab turganini ko‘rib, uni buzilib qolgan deb o‘ylaganini gapirib bergan edi.

Aslida, myunxenlik oliftalar o‘yinda ko‘plab vaziyatlardan qo‘ldan chiqarishdi, «Yunayted» esa so‘nggi daqiqalarda burchak zarbasidan so‘ng 2ta imkoniyatdan foydalanib qoldi. Sheringem jarima maydonidagi pala-partishlikdan so‘ng, to‘pni darvozaga to‘g‘rilab qo‘ygan, Ule-Gunnar Sulsher esa keyingi daqiqada g‘alaba keltiruvchi golni urgan edi.

1999/2000 mavsumi. 1/4 final. «Bavariya» – «Portu» 2:1
Gollar: Paulo Serjio, 15, Linke, 90+2 – Jardel, 90

Chempionlar Ligasining keyingi mavsumi chorakfinalida «Bavariya» o‘z maydonida «Portu»ni (dastlabki o‘yin – 1:1) qabul qilib, Mario Jardel zarbasidan so‘ng, 90-daqiqada gol o‘tkazib yuborgandi. Biroq, shu zahotiyoq 
Tomas Linke goli evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi. Yarimfinalda esa «Real» to‘sig‘idan o‘tolmadi.

2004/05 mavsumi. Final. «Liverpul» – «Milan» – 3:3, pen. 3:2 
Gollar: Jyerrard, 54, Shmitser, 56, Alonso, 60 – Maldini, 1, Krespo, 39, 44

Foto: Mike Hewitt/Getty Images