Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevroittifoq Eronga qarshi sanksiyalarni bir yilga uzaytirdi
Foto: RIA Novosti / Aleksey Vitvitskiy
YeI Eronda inson huquqlari buzilishi tufayli joriy etilgan sanksiyalarni yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqda YeI Kengashidan xabar berishgan.
"Kengash Eronda inson huquqlarining jiddiy buzilishlariga javoban cheklov choralarini 2019 yilning 13 apreliga qadar uzaytirdi. Bu choralar 82 shaxs va bir tashkilotga nisbatan safarlarga taqiq hamda aktivlarni muzlatib qo‘yishni o‘z ichiga olgan. Shuningdek, Eronga ichki ta'qiblar uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan uskunalar va telekommunikatsiyalarni kuzatib borishga qurilmalar eksportiga taqiq joriy etildi", - deyiladi matbuot xizmat xabarida.
Bu cheklov choralari 2011 yilda qabul qilingandi.
Mavzuga oid
12:17
«Eronda kim rahbar bo‘lishini xalq belgilasin» – Rizo Pahlaviy
11:52
Eronda yana hukumatga qarshi chiqishlar bo‘lib o‘tdi
23:02 / 17.02.2026
AQSh bir sutka ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyot jo‘natdi
18:18 / 17.02.2026