11 aprel kuni keçqurun Brent neftining narxi 2014 yilning noyabridan buyon birinçi marta bir barrel uçun 73 dollarga yetdi. Reuters agentligi şu haqida xabar berdi.
Bu voqea fonida AQŞ tomonidan rossiyalik oligarxlar, amaldorlar va top-menejyerlarga nisbatan kiritilgan sanksiyalar sabab yuzaga kelgan holat - rublning pasayişi töxtadi.
"Çorşanba kuni keçqurun rubl qiymati pastligiça qolmoqda, biroq neft narxi oşişi natijasida yuzaga kelgan voqea sabab u haddan taşqari pasayib ketiş xavfidan yiroqlaşdi", deyiladi agentlikda.
Moskva vaqti bilan soat 19:45 da Brent nefti London ICE birjasida bir barrel uçun 72,07 dollarni taşkil qildi. Dollar kursi - 62,51 rubl, yevro kursi esa - 77,36 rubl deya qayd qilindi.
11 aprel kuni kunduzi AQŞ prezidenti Donald Trampning Suriyaga hujum qiliş niyatidan söng dollar 2016 yilning 30 noyabridan buyon birinçi marta 65 rubl körsatkiçidan oşdi. Yevro 2016 yilning 10 martidan maksimumgaça - 80,5 rublgaça kötarildi.












