11 aprelda Pxenyanda Şimoliy Koreya oliy xalq yiğini sessiyasida mamlakat rahbariyatida xodimlar özgartirilişi amalga oşirildi.
Şimoliy Koreya davlat kengaşi raisi örinbosari lavozimidan Xvan Byon So olindi.
Avvalroq u Koreya xalq armiyasi boş siyosiy boşqarmasi boşliği lavozimini egallagan va keyinçalik bu lavozimni Kim Çjon Gakka böşatib bergan. Avvalroq Xvan Byon So lavozimidan olinib, qayta tarbiyalaniş uçun qişloq xöjaligi işlariga jönatilgani ma'lum qilingan. Biroq keyinroq uning ismi yana mamlakat rahbariyati röyxatida paydo bölgan.
Kim Çjon Gak sessiya vaqtida davlat kengaşi a'zolari tarkibiga kiritilgan. Undan taşqari, Koreya mehnat partiyasi markaziy qömitasi raisi örinbosari hamda mamlakat rahbari Kim Çen Inga Xitoyga safari davomida hamrohlik qilgan Pak Gvan Xo davlat kengaşining yangi a'zosiga aylangan.
Sessiyada Kim Çen Inning özi noma'lum sabablarga köra iştirok etmagan.












