AQŞ prezidenti Donald Tramp uning jamoasining Rossiya vakillari bilan aloqalari borligining “vijdonsiz” tergov qilinişini Vaşington va Moskva örtasidagi yomon munosabatlar sababi deb atadi. Tramp bu haqda tvitterda yozdi.
“AQŞning Rossiya bilan adovatining katta qismi demokratlar tarafdorlari va Obamaga işlagan odamlar tomonidan boşqarilayotgan Rossiya böyiça yolğon va vijdonsiz tergov sababli vujudga kelgan”, deb aytgan Tramp. U tergovga boşçilik qilayotgan maxsus prokuror Robert Myullerni bu jarayonning “eng nomaqbul iştirokçisi” deb atadi. “Heç qanday fitna yöq, ular aqldan ozmoqdalar”, deb aytgan Tramp.
Avvalroq Tramp Rossiya bilan joriy munosabatlarni “tarixdagi eng yomoni” deb atagan va qurollaniş poygasini töxtatişga çaqirgandi. Tramp, şuningdek, Rossiyani Suriya tomon otiladigan raketalarni urib tuşirişga tayyor turişi kerakligidan ogohlantirgan.
2017 yil may oyidan Myuller köplab masalalar, jumladan Moskvaning göyoki 2016 yilgi AQŞdagi prezident saylovlariga aralaşuvi tergovini olib bormoqda.












