AQŞ Xalqaro Taraqqiyot Agentligi Özbekiston Soğliqni saqlaş vazirligi va Respublika ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bilan hamkorlikda Toşkent şahrida Innovatsion masofaviy öqitiş va monitoring markazini va Buxoro viloyatida uning şö'basini oçdi. 

Xalqaro Taraqqiyot Agentligi yordamida taşkil etilgan Innovatsion masofaviy öqitiş va monitoring markazi tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini oşirişga öz hissasini qöşadi hamda tibbiy xizmat mutaxassislariga va butun Özbekiston böylab tibbiyot bilim yurtlari talabalariga joylarda va masofaviy uslubda klinik maslahatlar beriş va ustozlik qilişni yölga qöyadi. Taqdimot marosimi Toşkentdagi Respublika ixtisoslaştirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bölib ötdi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Xalqaro Taraqqiyot Agentligi özining Sil kasalligiga qarşi kuraşiş dasturi orqali texnik yordam körsatdi va markazga  video-konferensiya, axborot texnologiyalari va ofis uskunalarini taqdim etdi. Bu Toşkent şahridagi Innovatsion masofaviy öqitiş va monitoring markazidagi şifokorlarga Buxoro viloyat sil kasalliklari şifoxonasidagi hamkasblari bilan onlayn tibbiy konsultatsiyalar ötkaziş imkonini beradi. Bu esa sil kasalligini aniq va tez diagnostika qiliş va davolaş maqsadida bilim va klinik tajriba almaşiş uçun imkoniyat eşigini oçadi. Şuningdek, Markaz mintaqaviy sil kasalliklari muassasalaridagi tibbiy xodimlar uçun masofaviy öqitiş vositasi sifatida xizmat qiladi.

Uşbu uskunani olişdan avval soğliqni saqlaş xodimlari klinik maslahatlar oliş va treninglarda iştirok etiş uçun yuzlab kilometr masofani bosib, Özbekiston poytaxtiga borişar edi. Özbekistonning boşqa viloyatlarida ham Markazning şö'balari oçiladi va bu butun mamlakat böylab sil kasalligi böyiça mutaxassislarni samarali ravişda boğlaydi. Bu esa ta'limning tarmoqli foydalaniş imkoniyati va birgalikda qaror qabul qiliş imkonini beradi. Bu, öz navbatida, sil kasalligi böyiça xizmatlarning sifati va ulardan foydalaniş imkoniyatlarini yaxşilaydi.

Foto: Soğliqni saqlaş vazirligi

Innovatsion masofaviy öqitiş va monitoring markazini oçiş va jihozlaş bilan bir qatorda, Xalqaro Taraqqiyot Agentligi Özbekiston böylab sil kasalligi böyiça mutaxassislarni Rutgers universiteti Global Sil kasalliklari institutiga (AQŞ), Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti bilan hamkorlikdagi köp sonli dorilarga turğun sil kasalligini örganiş tadqiqot va trening markaziga (Latviya), Sil kasalliklari böyiça milliy öqitiş markazi (Tojikiston) ga öqiş va örganiş maqsadidagi safarlarini amalga oşirişga kömaklaşdi.