11 aprel kuni Moskva shahrida O‘zbekiston va Rossiyaning aviatsiya ma'murlari o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Rossiya Transport vazirligi sayti.

Muzokaralar chog‘ida Rossiya va O‘zbekiston aviatashuvchilari uchun chastotalar sonini ikki barobardan ko‘proqqa ko‘paytirish bo‘yicha kelishuvga erishildi va shartnomaviy yo‘nalishlarda tijorat huquqlarini kengaytirish uchun yo‘l xaritasi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi Aviatsion hukumati joriy yilning 28 fevral - 1 mart kunlari Toshkent shahrida fuqarolik aviatsiyasi sohasidagi hamkorlikning keyingi rivojiga doir masalalarni muhokama qilish uchun uchrashishgani xabar berilgandi. 

Unda Rossiya tomon ikki mamlakat o‘rtasida amalga oshirilayotgan reyslar soniga nisbatan xavotirini bildirgan. Ma'lumotlarga ko‘ra, 2014 yildan buyon O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi aviaqatnovlar deyarli ikki baravarga kamaygan. Rossiya parvozlarning tijoriy huquqlarini kengaytirishga qiziqish bildirgan. O‘zbekiston tomoni Rossiya tashuvchilariga parvozlar dasturlarini tasdiqlashda va o‘z aeroportlarida ustuvorlik ko‘rsatkichlari bo‘yicha slotlar taqdim etishda yordam berishiga ishontirgan.

Foto: Rossiya Transport vazirligi /Aleksey Troshkin
Foto: Rossiya Transport vazirligi /Aleksey Troshkin
Foto: Rossiya Transport vazirligi /Aleksey Troshkin
Foto: Rossiya Transport vazirligi /Aleksey Troshkin