Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Suriyadagi sakkizta obektga zarba berishi mumkin – OAV
AQSh Suriyada sakkizta obektni zarbalar uchun ehtimoliy nishon sifatida ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNBC telekanali manbaga asosan xabar berdi.
Telekanal ma'lumotlariga ko‘ra, ikkita harbiy aerodrom, tadqiqot markazi va kimyoviy qurol ishlab chiqarilayotgan korxona ehtimoliy nishonlarga aylanishi mumkin.
Manbaning qo‘shimcha qilishicha, Suriya qo‘mondonligi mamlakat harbiy-havo kuchlari samolyotlarini Rossiya harbiy-kosmik kuchlari joylashgan aerodromlarga o‘tkazmoqda. Suriya hukumatining umid bildirishicha, AQSh Rossiya obektlariga zarba berishdan tiyiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Suriyaga berilishi mumkin bo‘lgan zarbalar muddati haqida gapirgandi.
Mavzuga oid
18:30 / 02.07.2026
AQSh 50 yillik taqiqdan so‘ng tovushdan tez uchuvchi samolyotlar parvoziga ruxsat beradi
19:37 / 01.07.2026
Tramp Oq uyga qaytgach kamida $2 mlrd daromad ko‘rdi. Asosiy boylik – kriptovalutalardan
09:15 / 01.07.2026
AQSh NIS uchun vaqtinchalik litsenziya muddatini yana 30 kunga uzaytirdi
21:14 / 30.06.2026