Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekvador prezidenti Amerikalar sammitini favqulodda tark etdi
Ekvador prezidenti Lenin Moreno 13 aprelda Amerikalar sammiti ochiladigan Peruni avvalroq o‘g‘irlab ketilgan jurnalistlar jasadlari aniqlangani haqidagi xabardan keyin favqulodda tark etib, yurtiga qaytmoqda.
“Men hozirda biz boshdan kechirayotgan bu favqulodda vaziyat sababli Ekvadorni darhol tark etishga qaror qildim”, deb yozgan Moreno tvitterda.
Gap mart oxirida Ekvadorning Kolumbiya bilan chegarasidagi Mataxa tumanida yo‘qolgan Comercio nashrining 2 jurnalisti va ularning haydovchisi haqida ketmoqda. Keyinroq Kolumbiya inqilobiy qurolli kuchlarining Ekvador hududida harakat qiluvchi Oliver Sinisterra nomidagi fronti armiyaning bu hududdagi amaliyoti vaqtida jurnalistlar halok bo‘lganlari haqidagi bayonotni tarqatgan.
12 aprelda esa o‘g‘irlab ketilganlarning jasadi topilgani haqida tasdiqlanmagan xabar paydo bo‘lgan. RCN radiosining ma'lum qilishicha, uning ixtiyorida halok bo‘lganlarning surati bor.
Mavzuga oid
21:31 / 10.11.2025
Ekvador qamoqxonasida o‘nlab osilgan mahbuslar topildi
11:42 / 08.11.2025
O‘zbekiston Ekvador bilan JSTga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralarni yakunladi
09:19 / 08.10.2025
Ekvadorda namoyishchilar prezident kortejiga hujum qildi
15:01 / 12.09.2025