Jahon | 10:25 / 13.04.2018
17046
1 daqiqa o‘qiladi

Yonayotgan venesuelalik tasvirlangan surat muallifi nufuzli mukofot laureatiga aylandi

Foto: worldpressphoto.org

World Press Photo 2018 nufuzli xalqaro fototanlovi g‘oliblari ma'lum qilindi. Bu haqda mukofot tashkiliy qo‘mitasi xabar berdi.

Mukofotni venesuelalik fotosuratchi Ronaldo Shemidtu qo‘lga kiritdi. U prezident Nikolas Maduroga qarshi namoyishga chiqqanlardan biri politsiya bilan to‘qnashuvlardan so‘ng olov ichida qolganini kadrga muhrlagan.

Joriy yilda mingta surat orasida ilk bora «Yil fotosi» asosiy mukofotiga olti nomzoddan iborat short-list tanlandi. Barcha eng yaxshi kadrlarda qaynoq nuqtalardagi mojarolar oqibati yoki terrorchilar harakati aks ettirilgan.

O‘tgan yili «Yil fotosi» yo‘nalishida Associated Press agentligi fotosuratchisi Burhon O‘zbilichi g‘olib chiqqandi – u Rossiyaning Turkiyadagi elchisi Andrey Karlovning o‘ldirilishidan so‘ng olgan surati uchun mukofotni qo‘lga kiritdi.

Mavzuga oid