15:18 / 13.04.2018
23707

Yevropa Ligasi yarim finaliga qur'a tashlandi

Bugun, 13 aprel kuni Shveytsariyaning Non shahrida Yevropa Ligasining 1/2 finaliga qur'a tashlandi.

Qur'a turnir g‘olibligi uchun asosiy ikki da'vogarni yarim finaldayoq o‘zaro ro‘baru qildi.

«Arsenal» (Angliya) - «Atletiko» (Ispaniya)
«Marsel» (Fransiya) - «Red Bull Zaltsburg» (Avstriya)

1/2 finalning birinchi o‘yinlari 26 aprel, javob uchrashuvlari – 3 may kuni bo‘lib o‘tadi.

Final uchrashuvi 16 may kuni Liondagi «Stad de Lyumer» stadionida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Final mezboni  «Marsel» — «Red Bull Zaltsburg» juftligi bo‘ladi.

Top