Germaniya ğarb davlatlarining Suriyadagi harbiy amaliyotida iştirok etmaydi. Bu haqda Germaniya kansleri Angela Merkel Daniya boş vaziri Lars Lekke Rasmussen bilan Berlindagi matbuot anjumanida aytib ötdi.
Merkelning aytişiça, biroq Germaniya ittifoqdoş davlatlarning kimyoviy qurolni qöllaş nomaqbulligini körsatişga qaratilgan barça harakatlarni qöllab-quvvatlaydi.
Ğarb davlatlari Suriya prezidenti Başar Asad tuzumini Şarqiy Gutaning Duma şahriga kimyoviy hujum sodir etişda ayblamoqda. Huquqni himoya qiluvçi taşkilotlar ma'lumotlariga köra, 7 aprelda Dumaning bombardimon qilinişi oqibatida 40 dan 70 gaça odam halok bölgan. Yana 500 kişi zaharlanişdan jabr körgan. Suriya va Rossiya harbiylari kimyoviy qurol qöllangani haqidagi xabarni yolğon deb ataşgan.
11 aprelda AQŞ prezidenti Donald Tramp kimyoviy qurol qöllanişiga qarşi çora sifatida Suriyaga raketa zarbasi berilişini e'lon qildi. Bundan taşqari, u Asad tuzumini qöllab-quvvatlayotgan Rossiya va Eron ham “katta haq” tölaşlarini aytgan.
Asadga qarşi harbiy amaliyotga Buyuk Britaniya va Fransiya qöşilişi mumkin. Britaniya OAV ma'lumotlariga köra, Britaniya boş vaziri AQŞning Suriyaga zarba berişini parlament roziligini kutib ötirmay qöllab-quvvatlaşga tayyor.












